Kiyib ko’rish ilojisi bo’lmaganda o’lchamda adashmaslik uchun internet-do’konda poyabzalni qanday tanlash kerak? Baland etiklarni tanlaganda qo’nj kengligida qanday adashmaslik kerak? Ushbu savollarni har bir onlayn-xaridor beradi.

Internet-do’kondan torlik va kenglik qilmaydigan poyabzalni tanlash uchun, kiyib yurgan poyabzalingiz o’lchamiga qaramang, chunki brendlarning o’lchamlari farqlanadi. Poyabzal buyurtirishdan oldin, chizg’ich yoki o’lchov tasmasi yordamida oyoq kaftining uzunligini o’lchab ko’rish kerak. .

Stulda o’tirgan holda, yalang oyoqni qog’oz varag’i ustiga qo’yib, ruchka yoki qalam yordamida rasmda ko’rsatilgandek, tik ushlab chizib oling. Keyin katta barmoq uchidan tovon oxirigacha bo’lgan joyni o’lchab oling. Ikkala oyoqni ham o’lchang.

Jadvaldagi o’lchamni aniqlash uchun o’lchami kattaroq chiqqan oyoqning o’lchamini hisobga oling. Qishki poyabzalni tanlayotgan bo’lsangiz, uni paypoq bilan kiyishingiz va qalin patak xarid qilishingiz mumkinliga to’g’risida unutmang, shuning uchun hosil bo’lgan natijaga yana 0.5 sm qo’shing.

Определите свой размер исходя из таблицы

Сантиметры22,52323,52424,52525,52626,52727,52828,5
Ваш размер34353637383940414243444546


Jadvaldagi o’lchamlar bo’yicha buyurtma bering. Menedjer qo’ng’iroq qilganda, o’lchami mos keladigan variant tanlovi uchun, unga oyoq o’lchamini santimetrda ayting. 

Etik xarid qilganingizda muhim ko’rsatkichlar deb boldir va to’piq yo’g’onligi ham hisoblanadi. Buyurtma berishdan oldin, rasmda ko’rsatilgandek, ushbu ko’rsatkichlarni o’lchab yozib qo’ying va internet-do’konimizning menedjeriga xabar bering. 

Yo’g’onliklarni tik turib o’lchash kerak. Ko’rsatkichlar yanada to’g’ri bo’lishi uchun kimnidir o’lchashga iltimos qiling, chunki egilganingizda, qo’njning mushaklari taranglashib, o’lchovlar noto’g’ri chiqishi mumkin

Toshkent shahridan bo’lgan xaridorlar uchun «Uydagi poyabzal do’koni» xizmati amal qiladi - buyurtma berganingizda kiyib ko’rish uchun turli modellarning cheksiz sonini tanlashingiz mumkin, shuningdek, taqqoslash uchun bir necha o’lchamlarni.

Yetkazib berishga buyurtma berib, sevimli obrazlaringiz bilan kiyib ko’rish jarayonidan zavqlaning, ahir kiyib ko’rish uchun 30 daqiqagacha vaqt ajratilgan

Yetkazib berilgan tovardan bosh tortishga haqlidirsiz.

Axborotnomaga obuna bo'lish

Follow us